Bugun Toshkentda sambo bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanadi
28 MART, 2026, 10:16
Bugun, 28 mart kuni poytaxtimizda sambo bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi.Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 400 nafarga yaqin sambochi sambo va jangovar sambo yo'nalishida, shuningdek para-sambo bahslarida ham kurash olib boradilar.
Bellashuvlar poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligi sport majmuasida tashkil etilmoqda.
Bugun soat 15:00da musobaqaning tantanali marosimi o'tkaziladi.
Manba: olamsport.com
