logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Argentina terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Mavritaniyani mag'lub etdi

 28 MART, 2026, 08:00

27 martdan 28 martga o'tar kechasi Argentina va Mavritaniya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Buenos-Ayres shahridagi «Alberto Xasinto Armando» stadionida o'tgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'olib jamoa safida gollarga argentinalik yarim himoyachilar Entso Fernandes (unga Nauel Molina assist berdi) va Nikolas Pas mualliflik qildi.

Mehmonlar tarkibida esa yagona golni himoyachi Jordan Lefor 90+4-daqiqada kiritdi.

Argentina terma jamoasi navbatdagi o'yinni 31 mart kuni Qatar termasiga qarshi safarda o'tkazishi kerak edi, ammo Yaqin Sharqdagi voqealar sabab uchrashuv bekor qilindi. 1 aprel kuni argentinaliklar o'z maydonida Zambiya terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 04:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'rtoqlik uchrashuvi.
28 mart 2026 yil, shanba.
Argentina — Mavritaniya - 2:1
Gollar: 1:0 — Fernandes (17), 2:0 — Pas (32), 2:1 — Lefor (90+4)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ