logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'rtoqlik o'yini. Ettita gol urilgan o'yinda Germaniya Shveytsariyani mag'lub etdi (videosharh)

 28 MART, 2026, 07:34

Shveytsariya va Germaniya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bazel shahridagi «Sankt-Yakob Park» stadionida o'tgan bahsni angliyalik hakam Kris Kavana boshqardi. Uchrashuv mehmonlarning 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 17-daqiqada mezbonlar hujumchisi Dan Ndoy ochdi. 26-daqiqada Germaniya himoyachisi Jonatan Ta hisobni tenglashtirdi. 41-daqiqada Bril Embolo Shveytsariyani yana oldinga olib chiqdi, ammo birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Serj Gnabri javob golini kiritdi.

61-daqiqada Florian Virts Germaniyani oldinga olib chiqdi, 79-daqiqada esa Joel Monteyru hisobni yana tenglashtirdi. Oradan olti daqiqa o'tib, Virts dubl rasmiylashtirib, jamoasiga 4:3 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Har ikki jamoa ham 2026 yil yozida AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Saralash bosqichi yakunlariga ko'ra, Germaniya A guruhida 15 ochko bilan birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Shveytsariya V guruhida 14 ochko bilan peshqadam bo'lgan.

O'rtoqlik uchrashuvi.
27 mart 2026 yil, juma.
Shveytsariya — Germaniya - 3:4
Gollar: 1:0 — Ndoy (17), 1:1 — Ta (26), 2:1 — Embolo (41), 2:2 — Gnabri (45+2), 2:3 — Virts (61), 3:3 — Monteyru (79), 3:4 — Virts (85)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ