logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Maxachevni mag'lub etishimga ishonaman, u bilan yana jang qilishni istayman" - Jek Della Maddalena

 27 MART, 2026, 12:16

UFC sobiq chempioni Jek Della Maddalena kelajakda 34 yoshli amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi revansh o'tkazish niyati borligini bildirdi.

"Albatta, bir necha kun o'zimga kelish va bu mag'lubiyatni hazm qilish uchun vaqt bo'ldi. Hali-hamon biroz og'riq bor. Men aniq qaysi yo'nalishda ishlash kerakligini bilaman. Qaytib, yana formaga kelishni xohlayman va umid qilamanki, kelajakda Islam bilan yana jang qilish imkoni bo'ladi. Uni mag'lub etish mumkin, har qanday insonni yutsa bo'ladi. Ha, men u bilan yana jang qilishdan mamnun bo'lardim", — dedi Della Maddalena ESPNga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ