logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:16
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" safida EChLni yutgan braziliyalik futbolchi qamaldi

 26 MAY, 2023, 11:31

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Duglas Santos Braziliyada jamoat joyida o'q uzgani uchun hibsga olindi, deb xabar beradi Global Esporte.

Nashrning yozishicha, futbolchi tunda Braziliya shahridagi avtoturargohlardan birida havoga o'q uzgan.

Qayd etilishicha, futbolchi keyinchalik qurolni o'rmonga yashirgan va qurol hali topilmagan, biroq futbolchi otishma muallifi ekanligini tan olgan. Santosni sud kutmoqda.

32 yoshli futbolchi hozirda jamoasiz, uning so'nggi klubi 2022 yilda "Beshiktosh" bo'lgan.

U "Barselona" tarkibida Chempionlar ligasi g'olibi, ikki karra Ispaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR