logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Nima?! "PSJ" Messiga yiliga 100 million evro taklif qilmoqchi

 26 MAY, 2023, 11:27

"PSJ" rahbariyati hujumchi Lionel Messini o'z jamoasida saqlab qolmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Fransua Galyardo ijtimoiy tarmoqlarda.

Manbaga ko'ra, parijliklar argentinalik futbolchiga yiliga 100 million evro maosh bilan 1+1 sxema bo'yicha yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.

Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq, faoliyatini davom ettirish uchun eng ko'p ehtimoliy variantlar "Barselona" va "Al-Hilol" ekanligi xabar qilingandi.

Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR