Kazemiro o'zining rekordini takrorladi
26 MAY, 2023, 09:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro bir mavsumda samarali harakatlar qilish bo'yicha o'zining rekordini takrorladi.
Braziliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining 32-turidan o'rin olgan "Chelsi" bilan qoldirilgan o'yinda (4:1) gol urdi.
Bu gol Kazemiro uchun joriy mavsumdagi barcha turnirlardagi ettinchi gol bo'ldi. 31 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida to'rtta, Angliya kubogida ikkita gol urdi. Shuningdek, Angliya liga kubogida ham uning hisobida bitta gol bor.
Kazemiro bungacha "Real Madrid" safida o'ynab, barcha musobaqalarda ikki marta bir mavsumda 7 ta gol urgan edi. Bu 2017/2018 va 2020/2021 yilgi mavsumlarda sodir bo'lgandi.
Braziliyalik yarim himoyachi 2022 yilning yozida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Yangi jamoa tarkibida u Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi.