Inesta "Barselona"ga qaytish istagi haqida gapirdi
26 MAY, 2023, 09:42
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta "Barselona"ga qaytishni xohlashini aytdi.
"Ko'p marta aytganimdek, hayotimda qaysidir bir paytda "Barselona"ga qaytishni istardim, lekin baribir bungacha hali uzoq yo'l deb o'ylayman. Avvalo, umid qilamanki, Xavi ko'p yillar murabbiy bo'ladi, bu futbol uchun ajoyib yangilik bo'lardi", — deya Inesta so'zlarini keltiradi Marca.
25 may kuni "Vissel Kobe" 39 yoshli yarim himoyachi besh mavsumlik faoliyatidan so'ng jamoani tark etishini ma'lum qildi.