logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bellingem uchun yakuniy muzokaralar qachon bo'lishi aytildi

 26 MAY, 2023, 09:38

Jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning “Real”ga o'tishi bo'yicha yakuniy muzokaralar kelasi hafta Bundesliga chempionligi uchun kurash yakunlanganidan so'ng bo'lib o'tishini aytdi. Germaniya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganida “qora-sariqlar” “Bavariya”ni ikki ochkoga ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallab turibdi.

Romano kelishuvga boshqa o'yinchilar jalb qilinmasligini va transfer 100 million evro va qo'shimcha to'lovlar bo'lishini aytdi. Oldinroq u Bellingemning "Real" bilan shaxsiy shartnomasi shartlari 100 foiz kelishilganini ham xabar qilgandi.

Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR