logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Liverpul" va "Chelsi" 19 yoshli futbolchi uchun raqobatlashadigan ko'rinadi

 26 MAY, 2023, 09:30

Yarim himoyachi Romeo Laviaga "Chelsi" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

APLdan muddatidan avval quyi ligaga tushib ketgan “Sautgempton” eng yaxshi futbolchilari uchun transfer takliflarini kutmoqda. The Times nashrining yozishicha, klub 19 yoshli Laviani yoshi va salohiyati tufayli o'zining eng qimmatli aktivi deb biladi.

Belgiyalik futbolchiga “Chelsi” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Yarim himoyachining transferi uchun "avliyolar" 40 million funtdan ko'proq so'rashi mumkin.

Lavia 2022 yilning iyulida 12,5 million funt evaziga "Manchester Siti"dan "Sautgempton"ga o'tgan edi. “Shaharliklar” yarim himoyachini qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega, ammo klub uni qaytarish niyatida emas.

Romeo joriy mavsumda Premer-ligada 28 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR