"Barselona" Osimxen bilan shartnoma imzolash rejasini ishlab chiqmoqda
26 MART, 2026, 18:16
"Barselona" yozgi transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".Manbaga ko'ra, Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi — "Atletiko" futbolchisi Xulian Alvares. Agar argentinalik futbolchining transferi amalga oshmasa, "ko'k-anorranglilar" bor etiborini "Galatasaroy" futbolchisi Viktor Osimxenga qaratadi.
Xabarlarga ko'ra, Osimxen "Barselona"ning "B rejasi". Biroq Kataloniya klubi nigeriyalik futbolchining xarakteridan cho'chib turibdi.
Manba: olamsport.com
