"Buning 50 foizi shou bo'ladi" - Aleksandr Usik
26 MART, 2026, 15:48
Boks bo'yicha superog'ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik niderlandiyalik kikboksing yulduzi Riko Verxuvenga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi."Bu katta, haqiqiy jang. U juda xavfli raqib — mutlaq kikboksing chempioni. Juda katta jismoniy kuchga ega. Buning 50 foizi shou, 50 foizi — jang. Ammo men uchun bu 100 foiz jang, chunki men juda jiddiy tayyorgarlik ko'ryapman, rejam bor. Lekin odamlar shouni ham xohlaydi. Mayli, muammo yo'q — xohlasangiz, shouni ham ko'rasiz", — dedi Usik.
Manba: olamsport.com
