logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

UFC on ESPN 70 turnirining asosiy jangi 38 soniya davom etdi

 13 IYUL, 2025, 09:32

Hozirgina AQSHning Neshvill shahrida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.

UFC on ESPN 70 oqshomining asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda kamar uchun sobiq davogar amerikalik Derrik Lyuis braziliyalik Tallison Teysheyraga qarshi oktagonga ko'tarildi. 

Jang 38-soniyadayoq to'xtatildi. Tajribali Lyuis raqibini texnik nokautga uchratdi. Aslida birinchi jiddiy zarbani Tallison bergandi. Ammo Derrik javobi jiddiy bo'ldi. Lekin arenaga yig'ilgan muxlislar hamda Teysheraning murabbiylari jangning erta to'xtatilishiga norozilik bildirishdi. Referi esa qarorini o'zgartirmadi.  

SHu tariqa, Derrik Lyuis faoliyatidagi 29-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobidagi mag'lubiyatlari soni 12 taligicha qoldi. Uning ishtirokidagi bitta jang natijasiz bo'lgan. Teyshera esa bugun MMAdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 6 ta g'alaba bor. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ