Aleksandr Usik: "Joshua 2027 yilda mutlaq jahon chempioni bo'ladi"
25 MART, 2026, 17:48
Boks bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik o'zining sobiq raqibi va hozirgi do'sti Entoni Joshua 2027 yilda mutlaq jahon chempioni bo'lishiga ishonishini bildirdi."Yaratgan menga ham, Ey Jeyga ham sinov beradi. Agar biz bu sinovdan o'tsak, u deydi: “Yaxshi, sen tayyorsan, keyingi bosqichga o't”. Bizning hikoyamiz — bu ilohiy reja: 2021 yilda Usik — Joshua jang qildi, 2022 yilda revansh bo'ldi, keyin esa biz birga mashg'ulot qilyapmiz. Va 2027 yil — Entoni mutlaq chempion. Juda yaxshi g'oya. Usik yordami bilan.
Men o'ylayotganim yo'q, buni bilaman. Ha, bu mumkin. Ey Jey, balki sen mutlaq chempion bo'larsan. 2027 yilda sen superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lasan. Menga ham ko'p aytishgan: “Usik, sen kichiksan, bu imkonsiz”. Men esa: “Ko'ramiz”, deganman. Men duo qilaman va faqatgina so'rash bilan kifoyalanmayman. Faqat ishlayman — agar mumkin bo'lsa, bunga erishaman", — dedi Usik.
Manba: olamsport.com
