logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dolidze: "Rozi emasman..."

 25 MART, 2026, 16:16

Gruziyalik UFC jangchisi Roman Dolidze oxirgi jangidagi hakamlik haqida gapirdi.

"Jang natijasi meni qoniqtirmaydi. Hakamlar qaroridan noroziman, lekin raqibimni tabriklayman. Jangdan keyin musht ko'tarilmaydi. Yaqin orada vatanimga qaytaman. Gruziyada ko'rishamiz. Bizning kuchimiz — birlikda!", deb yozgan Dolidze o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Roman 22 mart kuni UFC London turniri doirasida Angliya vakili Kristian Leroy Dankanga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.

Bu Leroy Dankan uchun ketma-ket to'rtinchi g'alabaga aylangan bo'lsa, Roman qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ