logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xollouey Makgregor bilan ikkinchi jangni xohlamoqda

 24 MART, 2026, 17:32

UFC sobiq chempioni Maks Xollouey ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregorga unga qarshi ikkinchi jang uchun UFC’ga qaytishni taklif qildi.

Xollouey 2013 yilda yarim engil vazn toifasidagi jangda hakamlar qarori bilan Makgregorga yutqazgandi. O'tgan vaqt mobaynida ikkala jangchi ham revansh haqida gapirgan bo'lsa-da, bu bahs hech qachon amalga oshmagandi.

"Men bu haqda gapirdim. Yani, Konor shu erda va u meni bir marta mag'lub etgan. Hozir u qaytish haqida gapiryapti. Oxirgi jangimda CHarlz Oliveyraga yutqazdim. Endi Konor bilan ikkinchi jangni o'tkazish juda yaxshi bo'lardi", - dedi Xollouey ijtimoiy tarmoqdagi videosida.

Makgregor 2021 yildan beri jang o'tkazmayapti va xabarlarga ko'ra, u Xollouey hali hech qachon ishtirok etmagan yarim o'rta vazn toifasiga qaytishni xohlaydi. Ammo bu uni tashvishga solmaydi.

"U vazn orttirishni xohlamasa, men ham istamayman. To'g'risini aytsam, biz bu jangni har qanday vaznda amalga oshira olamiz. Gap faqat revanshda. Axir bu ajoyib jang bo'lardi. Ko'ramiz, UFC nimani xohlaydi va barchamiz nima qila olamiz", - deya qo'shimcha qildi Xollouey.

UFC rahbari Dana Uayt yaqinda promoushen Makgregor ishtirokidagi shou uchun Irlandiyaga qaytishi mumkinligiga ishora qildi va Konorning yana bir irlandiyalik Ian Machado Garriga qarshi jangini eslatib o'tdi. U hozirda yarim o'rta vazn toifasida chempionlik uchun kurashmoqda.

"Ha, bu yaxshi savol, - dedi Uayt UFC’ning Irlandiyaga qaytishi haqida. - Menga ham Irlandiya yoqadi va men Dublinga qaytib, u erda shou ko'rsatishni istardim. Zuffa Boxing ham Irlandiyaga keladi. Lekin biz Konor bilan Garrining jangini Irlandiyada o'tkazmaymiz.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ