logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dana Uayt Jon Jonsning yangi bayonotiga keskin javob qaytardi

 24 MART, 2026, 15:32

UFC prezidenti Dana Uayt yarim og'ir va og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jonsga Oq uydagi jangi bekor bo'lgani haqidagi yangi bayonotini javobsiz qoldirmadi.

Avvalroq unga Oq uydagi UFC turniri kardida jang qilish uchun 15 million dollar taklif qilishganini aytgan edi.

"Jon Jons hech qachon Oq uydagi turnirda jang qilmasligi kerak edi. Yana qancha takrorlashim kerak? Men bu haqda so'zlab berish uchun ikki marta matbuot anjumani o'tkazdim. Bu yigitlar [UFC matchmeykerlari] ushbu tadbirda ishtirok etish mumkin bo'lgan barcha jangchilarni qidirishdi. Qanchalik qimmatga tushmasin, uni hech qachon turnirga qo'shmagan bo'lardim. Jon Jons hech qachon Oq uydagi turnirda jang qilmasligi kerak edi", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi talkSPORT portali.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ