logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mayami (WTA). Sobolenko bu yil 20 ta uchrashuvdan 19 tasida g'alaba qozondi

 24 MART, 2026, 10:32

Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Mayami WTA 1000 turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.

Belaruslik tennis malikasi uchinchi bosqichda WTA reytingida 72-pog'onada borayotgan amerikalik Keti Maknellini 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi 3 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Maknellida 4 ga 2, breyklar Sobolenkoda 5 ga 2 ko'rinishida ko'proq bo'ldi. Belaruslik bu yilgi mavsumda o'tkazgan 20 ta uchrashuvidan 19 tasida g'alaba qozondi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ