logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Karam sho'rva va vareniklar..." - Usik Entoni Joshuaning Kievga tashrifi haqida

 24 MART, 2026, 10:00

Superog'ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik o'zining sobiq raqibi, britaniyalik Entoni Joshuaning Kievga tashrifi tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ikki turdagi xorijliklar bor: qo'rqib, [Ukrainaga] bormaydiganlar va "Ha, biz tayyormiz!" deydiganlar. Ey Jey - ikkinchi toifaga kiradi. Biz muloqot qilishni boshlaganimizda Ukrainaga ikki kunga borishim kerak, chunki u erda boks turniri bo'ladi, yigitlarni qo'llab-quvvatlashim lozim, dedim. Va u shunday: "O, men Ukrainada bo'lmaganman-ku!". Men unga darrov: "Xohlaysanmi?" dedim. U esa: "Ha!" deb javob berdi. Joshuaning o'zi xohladi. Biz shungacha ham gaplashib turardik, u kelib, mening qaerdan ekanligimni, qanday yashayotganimizni, mamlakatimiz qanaqaligini ko'rmoqchi edi. Hozir bir lagerda mashg'ulot o'tkazyapmiz. 

Karam sho'rva va vareniklardan tatib ko'rdik, ukraincha qo'shiqlar tingladik. Men unga o'zim uchun eng muhim narsalarni ko'rsatdim, ibodat qildik", — deya Usikning so'zlarini keltiradi "Suspilne Sport" portali.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ