logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Taxmina Ikramova yana 3 ta medalga ega chiqdi

 23 MART, 2026, 07:16

Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tgan Gran-pri musobaqasida Taxmina Ikromova oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Vakilamizning bulava, xalqa va to'p bilan bajarilgan chiqishlari mos ravishda oltin, kumush va bronza medaliga loyiq ko'rildi. 

Taxmina musobaqaning birinchi kuni doirasida yakkalik yo'nalishidagi ko'pkurash bellashuvlarida 112.70 ball to'plab, 20 nafar sportchi orasida ikkinchi natijani qayd etgan kumush medalga sazovor bo'lgan edi. Bu Ikromova uchun jarohatdan keyingi ilk musobaqa bo'ldi.

Bulavalar:

1-o'rin — Taxmina Ikromova (O'zbekiston) — 30.400

2-o'rin — Sofiya Raffaeli (Italiya) — 29.250

3-o'rin — Taisiya Onofriychuk (Ukraina) — 29.200

Xalqa:

1-o'rin — Taisiya Onofriychuk (Ukraina) — 30.400

2-o'rin — Taxmina Ikromova (O'zbekiston) — 30.000

3-o'rin — Mariya Borisova (Neytral sportchi) — 29.300

To'p:

1-o'rin — Taisiya Onofriychuk (Ukraina) — 29.100

2-o'rin — Tara Dragas (Italiya) — 28.600

3-o'rin — Taxmina Ikromova (O'zbekiston) — 27.850




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ