SHahram G'iyosovning vaznidagi Jeyron Ennis ikki yo'nalish chempioni bilan muzokara olib bormoqda
22 MART, 2026, 18:32
Birinchi o'rta vazn toifasida WBO va WBA chempioni Zander Zayas jamoasi yaqindagina yangi vaznda muvaffaqiyatli debyut qilgan sobiq yarim o'rta vazn toifasidagi jahon chempioni Jeyron Ennisga qarshi himoya o'tkazish bo'yicha muzokara boshladi."Muzokaralar davom etmoqda, - dedi Ennis manfaatlarini himoya qiluvchi Eddi Xirn Boxingscene nashriga bergan intervyusida. - Ennis aprel-may oylarida ringga chiqishi kerak edi, hozir gap ko'proq iyun oyi haqida ketmoqda. Ammo bu keng ko'lamli jang bo'lishiga kafolat beraman. O'ylaymanki, masala keyingi haftaning oxirigacha hal bo'ladi".
Promouterning so'zlariga ko'ra, dastlab Zayas jamoasi IBF chempioni Josh Kelli bilan birlashtiruvchi jangga moyil edi, ammo Ennisga qarshi jang ular uchun moliyaviy jihatdan qiziqroq ko'rinadi.
"Aytgancha, Josh Kelli ham Jeyron Ennis bilan uchrashishi ehtimoldan xoli emas, - deya qo'shimcha qildi Xirn. - Lekin men uning ixtiyoriy ravishda himoyalanishiga ham qarshi bo'lmayman. U yaqindagina Bahrom Murtazalievni do'pposlaganini unutmang. SHundan so'ng Ennis bilan jang o'tkazish ortiqcha bo'lishi mumkin".
Eslatib o'tamiz, Zayasga tegishli WBA kamari uchun rossiyalik bokschi Pavel Sosulin majburiy davogar hisoblanadi.

Manba: olamsport.com
