CHarm qo'lqop ustamiz prof boksdagi mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirdi
22 MART, 2026, 13:00
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasining navbatdagi professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.Turnir doirasida hamyurtimiz Lazizbek Fattoev Rossiya vakili CHayan Lanziga qarshi ringga chiqib, 6 raundlik to'liq davom etgan jangda hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alabaga erishdi.
Bu orqali Lazizbek faoliyatidagi to'qqizinchi jangida sakkizinchi g'alabasini nishonladi. Uning hisobida bitta durang ham bor.
Manba: olamsport.com
