Mavlud Tifievning Mangu 2 turniridagi raqibi elon qilindi + POSTER
22 MART, 2026, 12:48
Malumki, 25 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" saroyida aralash yakka kurash bo'yicha Mangu 2 turniri o'tkaziladi.Avvalroq, o'zbekistonlik taniqli sportchi Mavlud Tifiev ushbu Liga bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Tifiev Jasur Alijonov rahbarligidagi Ligadagi ilk jangini aynan 25 aprel kuni o'tkazadi. Unga Mangu 2 turnirida Ozarbayjon vakili Seyxun Asadli raqib bo'ladi.
Mavlud Tifiev hisobida ham, Seyxun Asadli hisobida ham 4 tadan g'alaba va 1 tadan mag'lubiyat bor.

Manba: olamsport.com
