Miami Open. Kamilla Rahimova juftlik bahslarida kortga chiqdi
22 MART, 2026, 11:48
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Mayami WTA 1000 turnirining ikkinchi bosqichida ukrainalik Marta Kostyukka mag'lub bo'lib, yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunlagan edi.Kecha vakilamiz neytral maqomdagi sportchi — Aleksandra Panova bilan hamkorlikda musobaqa juftlik bellashuvi doirasidagi 1/16 final bosqich uchrashuvida kortga chiqdi.
Turnirning ikkinchi raqamli tandemi - chexiyalik 42 yashar Katerina Sinyakova hamda AQSH vakilasi Teylor Taunsendga qarshi kechgan bahsda Rahimova/Panova juftligi 0:2 (2/6, 2/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, Kamilla Rahimova Miami Open turniridagi ishtirokini to'liq yakunladi.
Manba: olamsport.com
