logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ronaldu Portugaliyaning o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yuboradigan bo'ldi

 21 MART, 2026, 11:16

Portugaliya terma jamoasi mart oyida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibni elon qildi.

Jamoa 28 mart kuni Meksika, 30 mart kuni esa AQSHga qarshi maydonga tushadi. Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarkibida bo'lmaydi, chunki u hali tuzalmagan. "Al Nassr" klubi va Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi o'rtasidagi muhokamalardan so'ng futbolchining to'liq tiklanishiga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Portugaliya tarkibi

Darvozabonlar: Diogu Koshta ("Portu"), Joze Sa ("Vulverxempton"), Ruy Silva ("Sporting")

Himoyachilar: Mateush Nunes ("Manchester Siti"), Diogu Dalot ("Manchester Yunayted"), Joau Kanselu ("Barselona"), Nunu Mendesh (PSJ), Gonsalu Inasiu ("Sporting"), Renatu Veyga ("Vilyarreal"), Antoniu Silva ("Benfika"), Tomash Arauju ("Benfika")

Yarim himoyachilar: Ruben Nevesh ("Al Hilol"), Samu Koshta ("Malorka"), Mateus Fernandesh ("Vest Xem"), Joau Nevesh (PSJ), Vitinya (PSJ), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Rodrigu Mora ("Portu")

Hujumchilar: Rikardu Orta ("Braga"), Pedru Gonsalvesh ("Sporting"), Joau Feliks ("Al Nassr"), Fransishku Trinkau ("Sporting"), Fransishku Konseysau ("Yuventus"), Rafael Leau ("Milan"), Pedru Netu ("CHelsi"), Gonsalu Gedesh ("Real Sosedad"), Gonsalu Ramush (PSJ).


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ