Jahon kubogi: hisobimizda 2 ta oltin medal bor!
21 MART, 2026, 08:48
Tailandning CHiangmay shahrida para veloshosse bo'yicha Jahon kubogi davom etmoqda.Musobaqaning ortda qolgan kunida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.
8,34 km masofaga kechgan vaqt poygalarida ishtirok etgan Marjona Pardaboeva T1, Pokiza Axmadbekova esa H1 klassida tengsiz bo'ldi.
SHunday qilib, hisobimizdagi medallar soni 3 taga etdi: 2 ta oltin, 1 ta bronza. Bugun turnir doirasida guruh poygalariga start beriladi.

Manba: olamsport.com
