Svyontek Miami Open ilk uchrashuvidayoq vatandoshiga yutqazib qo'ydi
20 MART, 2026, 16:00
Dunyoning uchinchi raketkasi Iga Svyontek AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi.Polshalik tennis malikasi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi va WTA reytingida roppa-rosa 50-o'rindan joy olgan hamyurti Magda Linettga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi — 1:6, 7:5, 6:3.
Ikki soatu 12 daqiqa davom etgan vatandoshlar bahsida turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Svyontek 4, Linett esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Magda uchinchi bosqichda dunyoning 29-raketkasi, filippinlik Aleksandra Ealaga qarshi kortga chiqadi.

Manba: olamsport.com
