logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Rolan Garros" turnirining rasmiy posterini taqdim etdi + FOTO

 20 MART, 2026, 14:16

Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi bu yilgi "Rolan Garros" turnirining rasmiy posteri namoyish etildi.

G'oya muallifi francuz ko'cha sanatining eng mashhur vakillaridan biri bo'lgan rassom JR edi.

"Men maydonlarga tuproq qanday taqsimlanayotgani aks etgan fotosuratlarni topdim. Bu meni hayratda qoldirdi, chunki biz bu jarayonni deyarli hech qachon ko'rmaymiz. Tomoshabin sifatida kelganingizda, hamma narsa tayyor bo'ladi. Tuproqni bir tekisda sochib yuradigan xodimning ko'rinishi menda bu qadar kuchli taassurot qoldirishini tasavvur ham qilmagandim.

Ko'z - mening mashhur timsollarimdan biri. SHuningdek, poster qanday ishlatilishi, qanday kontekstda yaratilishi, uning tarixi, mendan oldin ishlagan rassomlar, u qanday ko'rsatilishi va qaerga joylashtirilishi haqida ham o'yladim", - dedi JR "Rolan Garros" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Grunt, yani tuproq qoplamali "Rolan Garros" musobaqasi 24 maydan 7 iyunga qadar Franciya poytaxti Parij shahrida bo'lib o'tadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ