Ikram Aliskerov ham Nursulton bilan bir oqshomda jang qilishi kutilmoqda
20 MART, 2026, 09:32
UFC jangchisi Ikram Aliskerov 27 iyun kuni Boku shahrida bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok etadi, deb xabar bermoqda jurnalist Laerchi Viana.Uning raqibi braziliyalik Bruno Ferreyra bo'ladi.
Bruno Ferreyra 33 yoshda. U UFC’da 2023 yilda debyut qilgan. Hozirgacha tashkilot doirasida 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Manba: olamsport.com
