Volkanovski nima uchun Xabibni MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri deb hisoblashini tushuntirdi
19 MART, 2026, 17:48
UFC chempioni avstraliyalik Aleks Volkanovski Xabib Nurmagomedovning MMA tarixidagi o'rni haqida fikr bildirdi.U rossiyalik jangchining faoliyati boshqa afsonalarnikiga nisbatan qisqaroq bo'lganini tan oldi, ammo masala janglar sonida emasligini takidladi.
"Habib osongina faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Uni eng buyuklar qatoriga qo'shish mumkin, chunki u mag'lubiyatsiz edi, lekin men uchun bu asosiy omil emas — men uchun kimlarga qarshi jang qilganing muhim. Va u qanday g'alaba qozongani — bu haqiqatan ham mutlaq ustunlik edi. Agar uning rekordi bazilarniki kabi boy bo'lmasa ham, hatto CHarlz Oliveyrada ham shuncha g'alaba bor, lekin CHarlzda mag'lubiyatlar ham bor. Xabib raqiblaridan ancha ustun ko'rinardi", — dedi Volkanovski.
Manba: olamsport.com
