logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"G'olib chempion bo'lishi aniq". Myorfi - Evloev bilan jang haqida gapirdi

 19 MART, 2026, 17:00

Britaniyalik UFC jangchisi Leron Myorfi UFC Fight Night 270 turnirida Movsar Evloevga qarshi bo'ladigan jang haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, ushbu jang g'olibi albatta chempionlik uchun imkoniyat qo'lga kiritadi.

Myorfi (MMAda 17-0-1, UFC’da 9-0-1) va Evloev (MMAda 19-0, UFC’da 9-0) o'rtasidagi jang norasmiy davogarlik jangi hisoblanadi. 

Ikki jangchining umumiy hisobda 36 ta mag'lubiyatsiz g'alabasi bor — bu promoushen tarixida mag'lubiyatsiz jangchilar o'rtasidagi qarama-qarshilik uchun yangi rekorddir. Avvalgi natija (33 g'alaba) Ian Garri va SHavkat Rahmonovga tegishli edi.

"Vau, bu aqlbovar qilmas holat. Rekordni yangilash — bu juda katta ish. Buni ham albatta takidlash kerak. Men faxrlanaman. O'ylaymanki, bu jang aslida chempionlik uchun bo'lishi kerak edi, lekin baribir juda katta jang, g'olib albatta chempion bo'ladi", — dedi Myorfi MMA Junkie nashriga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ