Tarixiy g'alaba qayd etgan sportchi qizga Prezidentimiz nomidan uy sovg'a qilindi
19 MART, 2026, 16:16
Karate bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Gulshan Alimardonova Misrda o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgandi.Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov sportchi qizga Prezidentimiz sovg'asi - ikki xonali uy kalitini tantanali topshirdi.
Tantanali tadbirda so'z olgan Gulshan Alimardonova yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Prezidentimizga barcha sportchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Manba: olamsport.com
