logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Andrey Pulyaev Nursulton Ro'ziboev bilan jang anonsiga munosabat bildirdi

 19 MART, 2026, 14:32

UFC jangchisi, rossiyalik Andrey Pulyaev 27 iyun kuni Nursulton Ro'ziboevga qarshi bo'ladigan jang haqida fikr bildirdi.

"Menga 27 iyun kuni Bokuda Ro'ziboevga qarshi jang berishdi, shuning uchun tayyorgarlik ko'ryapmiz. Vaqt etarli, o'zim ham formadaman. Barmoqni to'liq davolab, raqibga qarshi yaxshi tayyorlanish qoldi", — deb yozdi Pulyaev ijtimoiy tarmoqlarda.

Andrey Pulyaev 28 yoshda. Rossiyalik jangchi professional faoliyatini 2022 yilda boshlagan, 2024 yilda Dana Uaytning Davogarlar seriyasi turnirida g'alaba qozonib, shundan so'ng UFC bilan shartnoma imzolagan. Hozirgacha u tashkilot doirasidagi janglarda 1 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ