logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Yaxshi xabar: SHahram G'iyosov WBA Regular kamari uchun jang qiladi - manba

 17 MART, 2026, 15:32

Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi, WBA yo'nalishida chempionlik kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosov ringga qaytish arafasida.

Moboxingnoproblem nashrining malum qilishicha, G'iyosov 2 may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi. Unga o'sha kuni meksikalik Raul Kuriel raqib bo'lishi kutilmoqda.

Ahamiyatlisi, jang yarim o'rta vazn toifasidagi WBA Regular kamari uchun o'tkaziladi. Bu qaror to'laqonli chempion Rolando Romeroning Devin Xeyni bilan jang qilish ortidan kelib chiqqan bo'lsa, ajab emas.

2 may kungi boks oqshomining asosiy jangi David Benavides va Xilberto Ramires o'rtasida kechadi.

Malumot uchun, SHahram G'iyosov ham, Raul Kuriel ham professional boksdagi faoliyati davomida hozirgacha 17 tadan jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozonishgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ