logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Miami Open. Rahimovadan ajoyib kambek, Timofeevada esa...

 17 MART, 2026, 13:16

AQSHning Mayami shahrida WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil qiluvchi nufuzli turnir start oldi.

Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Mariya Timofeevaning ham o'z omadini sinab ko'rishi haqida xabar bergan edik. Ularning har ikkisi ham saralashning ilk davra uchrashuvini o'tkazdi. 

Rahimova 1/2 finalda franciyalik Leoliya Janjanga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni tay-brekda boy bergan vakilamiz kambekni amalga oshirishni uddaladi - 6/7(1), 7/5, 6/0. Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Rahimova 3, Janjan 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Kamillada bittaga ko'proq bo'ldi - 7 ga 6.   

Afsuski, ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva saralashning murakkab kechgan 1/2 final uchrashuvida avstraliyalik Lulu Sunga 4/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova WTA reytingida 82, Janjan 123, Timofeeva 150, Sun 111-o'rinni band etgan. Har ikki tennischimiz raqibalari bilan ilk bor to'qnash kelishdi. Bugun Rahimova asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final bahsida dunyoning 68-raketkasi, 21 yoshli Talia Gibsonga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ