logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

ATP reytingi. Faqat SHin ko'tarildi, qolganlarga havas qilib bo'lmaydi. Sultonov 70 pog'ona pastladi

 16 MART, 2026, 19:48

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Afsuski, bu safargi reytingda 8 tennischimizdan 7 nafari o'z o'rinlarini yomonlashtirib olishdi. Birgina uchinchi raketkamiz Maksim SHin 3 pog'onaga yuqorilab, 963-o'ringa joylashdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov bu safar 8 ochko yo'qotishi ortidan yana 70 pog'onaga pastladi. U ikki hafta avval yangilangan reytingda 139 o'rin quyiga sho'ng'igandi. O'shanda Sultonov o'tgan yilgi 25 ochkosini himoya qila olmagandi. Humoyun ayni paytda 756-o'rinni egallab turibdi. 

Birinchi raketkamiz Sergey Fomin 2 ochkoni boy berishi natijasida 5 pog'ona pastladi. U hozirda dunyoning 334-rakketkasi bo'lib turibdi. Amir Milushev va Batir Sapaev 9, Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 8, Damir Abdusamadov avvalgi reyting o'rinlaridan 3 pog'ona yo'qotishdi.

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Indian-Uells "Masters" turniri vice-chempioniga aylangan rossiyalik Daniil Medvedev yana Top-10`ga qaytdi. Qozog'istonlik Aleksandr Bublik esa aksincha, Top-10`talikni tark etdi. Kanadalik Feliks Oje-Alyassim va amerikalik Ben SHelton o'zaro o'rin almashib olishdi. Ispaniyalik Karlos Alkaras hamon reyting peshqadami. Indian-Uells "Masters" chempioni italiyalik Yannik Sinner ikkinchi o'rinni mustahkamla oldi. Germaniyalik Aleksandr Zverev kuchli uchlikka yakun yasagan.  


ATP reytingi. 16 mart kun holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 13 550 ochko

2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11 400

3. (3) Novak Jokovich (Serbiya) - 5370

4. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 4905

5. (5) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4365

6. (6) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4185

7. (7) Teylor Fric (AQSH) - 4170

8. (9) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4000

9. (8) Ben SHelton (AQSH) - 3860

10. (11) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3610


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

334 (329). Sergey Fomin — 148 (-2) 

756 (686). Humoyun Sultonov — 40 (-8) 

963 (966). Maksim SHin — 19 

1386T (1377T). Amir Milushev — 5

1865T (1856T). Batir Sapaev — 1   

1948T (1940T). Ilya Ignatov — 1 

1948T (1940T). Abdulaziz Usmonjonov — 1

2053T (2050T). Damir Abdusamadov — 1



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ