Korme hozirgi paytda UFC’ning ikki eng yaxshi jangchisi kimligini aytdi
16 MART, 2026, 19:16
UFC sobiq chempioni Daniel Korme shu mazmunda berilgan savolga javob berib, o'z tanlovini aytdi.Uning fikricha, Islam Maxachev va Iliya Topuriya hozirgi paytda UFC’dagi eng kuchli ikki jangchidir.
"Islam va Iliya o'rtasidagi jang UFC’da tashkil qilish mumkin bo'lgan eng katta va eng yaxshi to'qnashuvga aylanishi mumkin. CHunki bu ikkisi ham elita darajadagi jangchilar. Va ligada ulardan kuchliroq yigitlar bormi-yo'qmi — bilmayman", — dedi Korme.
Manba: olamsport.com
