logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

WTA reytingi. Tennischimiz 107 pog'onaga yuqoriladi, qolganlar ham. Ikkinchi raketkamiz o'zgardi

 16 MART, 2026, 16:16

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda tennischilarimizning aksariyati o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Birinchi raqamli vakilamiz Kamila Rahimova 6 pog'onaga ko'tarilib, dunyoning 82-raketkasiga aylandi. SHu kungacha uchinchi raketkamiz bo'lib kelgan Mariya Timofeeva ham 6 o'ringa yuqoriladi. Bu esa unga O'zbekistonning ikkinchi raketkasi bo'lib olish imkonini berdi. Bunga Polina Kudermetovaning 6 o'ringa pastlagani ham sabab bo'ldi. Polina endi uchinchi raketkamiz. 

Eng katta sakrashga Milana Maslenkova erishdi. U 107 pog'onaga ko'tarildi. Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson reytingda pastlagan ikki tennischimizdan biri bo'ldi. U 8 o'rin quyiga tushdi. Qolgan barcha tennischilarimiz o'z o'rinlarini birmuncha yaxshilab olishdi. Vlada Yakshibarova 2, Sevil Yuldasheva 4, Nigina Abduraimova 15, Diana Yakovleva 9 o'ringa ko'tarildi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Indian-Uells turnirida finalgacha etib kelgan qozog'istonlik Elena Ribakina bir pog'onaga yuqorilab, dunyoning ikkinchi raketkasiga aylanib oldi. Finalda Ribakinani mag'lub etgan belaruslik Arina Sobolenko ham katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi pog'onadan uchinchi o'ringa tushdi. 


WTA reytingi. 16 mart kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 11 025 ochko

2. (3) Elena Rybakina (Qozog'iston) - 7783

3. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7413

4. (4) Koko Goff (AQSH) - 6748

5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 6678

6. (6) Amanda Anisimova (AQSH) - 6180

7. (7) Jasmin Paolini (Italiya) - 4232

8. (9) Elina Svitolina (Ukraina) - 4020

9. (10) Viktoriya Mboko (Kanada) - 3351

10. (8) Mirra Andreeva (Rossiya) - 3066


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

82 (88). Kamilla Rahimova – 869

150 (156). Mariya Timofeeva – 494

153 (147). Polina Kudermetova – 490

793 (785). Layma Vladson – 42

1069 (1067). Vlada Yakshibarova – 16  

1115 (1222). Milana Maslenkova – 14 

1242 (1246). Sevil Yuldasheva – 9

1385 (1400). Nigina Abduraimova – 5  

1474 (1485). Diana Yakovleva – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ