logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rolli Romero SHahram G'iyosovdan keyin endi Menni Pakyaoni aybladi

 16 MART, 2026, 15:48

Prof boksning yarim o'rta vaznida WBA chempioni Rolando Romeroning takidlashicha, Menni Pakyao o'z nomidan foydalanib, ehtimoliy chempionlik jangida ishtirok etmoqchi bo'lgan.

"Menni bilan vaziyat juda g'alati edi, chunki ular jangni o'tkazishga juda qatiy qaror qilgandek tuyulgandi. Lekin shu bilan birga ular jang bo'yicha hech qanday qadam tashlashmadi. Biz qayta-qayta harakat qildik, lekin ular buni xohlashmadi. SHu vaqt ichida ular mening ismim va rasmimdan foydalanib, "Biz Rolli bilan jang qilamiz" deyishdi... Ularning barchasi shartnoma imzolash vaqti kelguncha astoydil harakat qilishdi. Pakyao mening vaqtimni behuda sarfladi", deydi Romero.

Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko'ra, Menni Pakyao va Rolli Romero o'rtasidagi jang bo'yicha muzokaralar 2025 yil avgustidan dekabrigacha davom etgan. Rolandoning keyingi raqibi Devin Xeyni bo'lishi kutilmoqda.

Avvalroq, Rolli Romero o'zining chempionlik kamariga majburiy davogar SHahram G'iyosovni tanimasligini aytgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ