logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bokschilarimiz "Futures Cup" turnirini nechanchi o'rinda yakunlashdi?

 16 MART, 2026, 08:32

8-15 mart kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz azolari 4 ta oltin, 5 kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. 

Ushbu natija orqali vakillarimiz musobaqaning "eng yaxshi jamoasi" unvoni bilan mukofotlandi. Umumjamoa hisobida qo'shni Qozog'iston ikkinchi, AQSH esa uchinchi o'rinni egalladi.

G'olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-85 kg. Sardorbek Bahromxo'jaev

-90 kg. Asadbek Sultonboev

+90 kg. Islom Salixov

-60 kg. Rushanabonu Isoeva.

Kumush medal:

-75 kg. Suxrob Rahmatullaev

-51 kg. Nazokat Mardonova

-65 kg. Sevara Mamatova

-75 kg. Samira Turg'unova

-80 kg. Asaloy Baxtiyorova.

Bronza medal:

-50 kg. Abdug'ani Yorqinjonov

+80 kg. Nilufarxon Abduhoshimova.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ