logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Man Siti» «Vest Xem» maydonida juda muhim ochkolarni yo'qotdi (Videosharh)

 15 MART, 2026, 08:00

«Vest Xem» Angliya chempionatining 30-turi doirasidagi o'z maydonida kechgan bahsda «Manchester Siti» bilan durang o'ynadi — 1:1.

Mezbonlar tarkibida 35-daqiqada gretsiyalik himoyachi Konstantinos Mavropanos gol urgan bo'lsa, mehmonlar safida 31-daqiqada portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva ajralib turdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda to'liq harakat qildi.

«Vest Xem» ketma-ket uchta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Jamoa Angliya chempionati jadvalida 18-o'rindan 17-pog'onaga ko'tarilib oldi (30 o'yindan so'ng 29 ochko). «Manchester Siti» esa (30 o'yindan so'ng 61 ochko) ikkinchi o'rinda bormoqda.

Angliya Premer-ligasi. 30-tur
14.03.2026 | 01:00
«London Stedium», London

«VEST XEM» — «MANChESTER SITI» — 1:1
Gollar: Bernardu Silva 31 (0:1), Konstantinos Mavropanos 35 (1:1).

«Vest Xem»: Xermansen, Mavropanos, Disasi, Todibo, Fernandesh, Souchek, Diuf, Van-Bissaka, Pablo (Magassa, 64), Bouen (Kante, 90+6), Kastelyanos (Traore, 75).

«Manchester Siti»: Donnarumma, Gexi, Abduqodir Husanov, Ait Nuri (Sherki, 60), Mateus Nunes, Rodri, Bernardu Silva (Reynders, 75), O`Rayli, Semeno (Foden, 75), Marmush (Doku, 60), Xoland.

Ogohlantirishlar: Magassa (76), Fernandesh (89) — Marmush (11), Bernardu Silva (37).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ