SPL. «An-Nasr» mehmonda «Al-Xalij»ni er tishlatdi (Videosharh)
15 MART, 2026, 07:34
Saudiya Pro-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 26-turidan o'rin olgan «Al-Xalij» va «An-Nasr» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O'yin «Prints Muhammad bin Fahd» (Ad-Dammam, Saudiya Arabistoni) stadionida bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar 5:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
O'yinda hisobni 30-daqiqada mehmonlar hujumchisi Abdulla Al-Xamdan ochdi. Ikkinchi bo'limning 54-daqiqasida hujumchi Ayman Yahyo «An-Nasr»ning ustunligini oshirdi. 73-daqiqada Joau Feliks hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Oradan olti daqiqa o'tib, Joau Feliks dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuv yakunida, 90+2-daqiqada Gabriel Anjelo yakuniy hisobni o'rnatdi — 5:0.
Saudiya Arabistoni chempionatining 26 ta o'yinidan so'ng «An-Nasr» 67 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Al-Xalij» esa 30 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.
Manba: stadion.uz
