logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xitoyning BYD avtokoncerni Formula-1'ga kirish niyatida

 13 MART, 2026, 12:48

"Bloomberg" agentligi malumotlariga ko'ra, brend nufuzli poygalarda ishtirok etish orqali global miqyosda tanilishni maqsad qilgan.

Aniqlanishicha, BYD ham noldan o'z poyga jamoasini tuzish imkoniyatini, shu bilan birga mavjud bo'lgan jamoani sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

BYD'ning "Qirollik poygasi" (Formula-1)ga kirib kelishi yo'lidagi asosiy to'siq — ulkan moliyaviy xarajatlar. Ayrim baholashlarga ko'ra, bolid ishlab chiqish va chempionatda ishtirok etish bir mavsumda 500 mln dollargacha tushadi.

SHunga qaramay, bu loyihaning ijobiy tomoni ham bor — so'nggi yillarda Xitoyning o'zida Formula-1'ga qiziqish muttasil oshib bormoqda. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ