Tayson Fyuri: "Usik bilan uchinchi jangda g'alaba qozona olgan bo'lardim. Lekin hakamlar..."
12 MART, 2026, 10:00
Tayson Fyuri Aleksandr Usik bilan ehtimoliy uchinchi jang haqida fikr bildirdi."Men uchinchi jangda g'alaba qozongan bo'lardim. Ammo gap shundaki, men bilaman: agar u jang oxirigacha chidab bera olsa, hakamlar yakuniy qarorni mening foydamga chiqarishmaydi", — dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Usik 2024 yilda bo'lib o'tgan ikki jangda ham Fyurini hakamlar qarori bilan mag'lub etgandi.
Manba: olamsport.com
