logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kardida ikki chempionlik jangi bo'lgan UFC turnirining rasmiy posteri namoyish etildi + FOTO

 11 MART, 2026, 11:48

12 aprel kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadigan aralash yakkakurashlar bo'yicha UFC 327 turnirining rasmiy posteri elon qilindi.

Asosiy jangda tashkilotning yarim og'ir vazn toifasidagi (93 kg gacha) sobiq chempioni chexiyalik Irji Proxazka avstraliyalik Karlos Ulbergga qarshi vakant kamar uchun oktagonga chiqadi. Ushbu chempionlik kamari braziliyalik Aleks Pereyra og'ir vaznga o'tganidan keyin vakant, yani egasiz qolgandi.  

Ushbu raqamlangan turnirda eng engil vazn (57 kg gacha) toifasi chempioni myanmalik Joshua Van yaponiyalik Tatsuro Tayraga qarshi jangda ilk chempionlik kamar himoyasini o'tkazadi.

SHuningdek, oqshom doirasida yarim og'ir vazn toifasida mag'lubiyatga uchramay kelayotgan rossiyalik Azamat Murzakanov braziliyalik Paulo Kostaga qarshi jang qiladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ