Arina Sobolenko 1/4 finalning ilk ishtirokchisi
11 MART, 2026, 10:00
AQSHning Indian-Uells shahrida WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirda hal qiluvchi o'yinlar boshlandi.Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko 1/8 finalda WTA reytingida 16-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Naomi Osakani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Arina oldinda bormoqda - 3:1.
Sakson bir daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 8, Osaka 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Sobolenko WTA turnirlarida 83-marotaba (ketma-ket 14-bor )1/4 final bosqichiga chiqdi. Bu bo'yicha belaruslik tennis malikasi amerikalik Serena Uilyamsdan o'zib ketdi. Undan avval besh nafar tennischi bor.

Manba: olamsport.com
