logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Real"ni boshqarish uchun argentinalik mutaxassis nomzodi ilgari surilmoqda

 10 MART, 2026, 13:00

Bu haqda ESPN ijtimoiy tarmoqdagi X (Twitter) sahifasida xabar berdi.

Madridning "Real" klubi keyingi mavsumda Alvaro Arbeloani almashtirish uchun nomzodlar ro'yxatiga murabbiy Maurisio Pochettinoni kiritdi.

Manba malumotlariga ko'ra, klub yangi murabbiy lavozimiga turli nomzodlarni ko'rib chiqmoqda va Pochettino prezident Florentino Peres tomonidan yuqori baholanayotgan murabbiylardan biridir.

Hozirda Pochettino AQSH terma jamoasini boshqarmoqda. Alvaro Arbeloa "Real" murabbiyi etib 2026 yil 12 yanvarda Xabi Alonsoning ketishidan so'ng tayinlangan edi. Uning rahbarligida jamoa La Ligada 27 tur yakuni bo'yicha 63 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ