Aspinall Pereyra - Gan jangi anonsiga munosabat bildirdi
9 MART, 2026, 14:32
Tom Aspinall og'ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun Aleks Pereyra va Siril Gan o'rtasidagi jangni mantiqan to'g'ri deb hisoblaydimi?Britaniyalik chempion ko'z operaciyasidan so'ng tiklanishi bilanoq ushbu qarama-qarshilik g'olibi bilan uchrashishga umid qilmoqda.
"Yana kim jang qilishi kerak? Divizionda hammasi juda achinarli. Katta janglarni unchalik ko'p uyushtirib bo'lmaydi, to'g'rimi? Ayonki, men ushbu jang g'olibi bilan jang qilishni xohlayman. Hozir shunchaki yashil chiroqni, shifokorning to'liq ruxsatini kutib, yana normal mashg'ulotlarni boshlayman. To'liq mashg'ulotlarga qaytishimiz bilanoq, g'olib bilan jang sanasini darhol band qilishni boshlaymiz. SHifokor ruxsat berishi bilan biz UFC’ni bu borada ogohlantiramiz. Imkon qadar tezroq jang belgilashga harakat qilamiz", - dedi divizionning amaldagi chempioni.
Braziliyalik Aleks Pereyra va franciyalik Siril Gan o'rtasidagi jang 14 iyun kuni Oq uyda o'tkaziladigan UFC bayram turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

Manba: olamsport.com
