Dastin Pore Oliveyraning Xolloueyga qarshi revansh jangidagi g'alabasiga izoh berdi
9 MART, 2026, 13:32
Engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun uch karra davogar Dastin Pore UFC 326 turnirining asosiy jangini beetibor qoldirmadi.Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan revansh maqomidagi jangda braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyra amerikalik Maks Xolloueyni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, raqibining BMF kamarini tortib olgandi.
"Bu total ustunlik edi. Jang oldidan Maks ko'ngilsiz hodisalarga duch keladi, parterga tushib qoladi, deb o'ylagandim. Lekin 25 daqiqa davomida jang shu zaylda davom etadi deb o'ylamagandim.
Biz hech qachon Maks ustidan bunday hukmronlik qilishlarini ko'rmagan edik. CHarlz jinni bo'lib qolganga o'xshardi. U Maksni ortga chekinishga majbur qildi... Va bu teykdaunlar, bu klassik kurash emas edi, u shunchaki uni er tishlatdi. Xolloueyning teykdaunlardan himoyasi yo'q edi", - dedi Pore Paramount efirida.

Manba: olamsport.com
