logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Oq uydagi UFC turniri bitta jangini yo'qotdi

 7 MART, 2026, 14:32

Bor-yo'g'i oltita jangdan iborat Oq uydagi UFC festivali bitta bahsidan mahrum bo'ldi.

Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt malum qildi.

"Men sizga bir necha hafta davomida to'xtovsiz kard ustida ishlaganimizni aytgandim. Afsuski, biz jiddiy mehnat qilib erishgan janglardan biri hozirgina barbod bo'ldi. Menimcha, Xanter Kempbell o'zini o'ldiradi. Janglardan biri uchib ketdi va bu haqiqatan ham qattiq tasir qilmoqda", - dedi UFC rahbari.

Bir kun avval Pirs Morganga bergan intervyusida Dana Uayt 14 iyunga belgilangan bayram turnirining kardi oltita jangdan iboratligi, ammo ettinchi to'qnashuv bilan to'ldirilishi mumkinligini aytgandi. SHuningdek, liga prezidenti ushbu dam olish kunlari tarixiy tadbir rasman elon qilinishiga vada bergan edi.

Malumotlarga ko'ra, turnirdagi oltita jangdan ikkitasi chempionlik maqomidagi bo'lishi kerak.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ